Dajjol Haqida Nima Bilasiz? icon

1.0 by Shum Bola


Apr 13, 2020

About Dajjol Haqida Nima Bilasiz?

Qiyomatning katta alomatlaridan biri bo`lgan Dajjol haqida

Olamlar tarbiyatkunandasi Allohga hamdu sanolar bo’lsin. Uning rasuli Muhammadga salovot va salomlar yog’ilsin. U zoti sharif Parvardigorining vahiyini odamlarga yetkazdilar, ummatni Dajjoldan ogohlantirdilar, uning xatar va fitnalaridon omonda bo’lish yo’llarini ko’rsatdilar.

Ammo ba’d: Dajjolning ishi o’ta xatarlidir. Shuning uchun har bir payg’ambar o’z ummatini uning yomonligidan ogohlantirgan. Demakki, har bir millat uning insoniyat boshiga solajak kirdikorlaridan xabardor bo’lgan.

Хo’sh, Dajjol kim o’zi? Biz qo’lingizdagi risolada Alloh qodir etganicha bu la’nati maxluq tavsifini keltirishga harakat qildik. Avvalo shuni aytib o’tishim kerakki, bu la’natining dunyosiga yaqinlashishga har qancha harakat qilmay, qurbim yetmadi. Chunki uning dunyosi Allohning la’natiga giriftor bo’lgan qavmning dunyosi bilan bog’liq ekan. Ha, ularning olami yomonlik, faqat yomonlikdan iborat bo’lgan olam.

U qavmning tarixiga nazar tashlagan odam ularning Alloh dinini o’zgartirib, unga tuhmat va bo’hton gaplarni qo’shib yuborganlariga guvoh bo’ladi.

Shuningdek, ularning uzoq o’tmishdan to xozirgi zamonamizga qadar hiyonat, axdu vafoni buzish va boshka jinoyatlar bilan mashhur bo’lganini ko’radi. Dajjolning fitnafasodlariga zamin hozirlaydiganlar ham ular. Shuning uchun ham Dajjolning tarixini o’rganish juda qiyin. Lekin yaqin va uzoq mavqelardan unga ishora qilishimiz, payg’ambarlarning sunnatlariga ergashib, odamlarni undan ogohlantirishimiz zarur. Biz bu kitobda Dajjol xaqida sahih hadislarni keltirdik, shular asosida uning suratini chizishga harakat qildik. Dajjol chiqishidan oldin bo’ladigan alomatlar, uning qayerdan chiqishi, qayerga yetib borishi, qaysi shaharlarga kira olmasligi, nimaga da’vat qilishi, uning fitnalari, Masih Iso ibn Maryam bilan uchrashuvi va tobe’larining takdiri haqida hikoya qilamiz. E’tiborga loyiq joyi shuki, Dajjol haqidagi gaplar hech bir asrda odamlarni befarq qoldirmagan. har bir zamonda odamlar Dajjol bilan o’z zamonlari o’rtasidagi bog’liqlikni topishga harakat qilganlar. Bizning davrimizda ham "uchar tarelkalar"ni Dajjol bilan bog’lashga harakat qilayotganlar chiqyapti. Albatta, bu dalilxujjatsiz bir ijtihod, xolos. Lekin, sahih xadislarda kelganidek, Dajjolning g’ayrioddiy ishlari borligini inkor qilmaymiz. Bu g’ayrioddiylik zamonaviy texnologiyaning eng yangi yutuqlari bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Yana Alloh bilguvchiroq.

Amal sahifalari ro’para qilinadigan kunda bu kitobimizni sahifamizga yozishini Allohdan so’raymiz. Omin.

What's New in the Latest Version 1.0

Last updated on Apr 13, 2020

Dajjol Haqida Nima Bilasiz?

Translation Loading...

Additional APP Information

Latest Version

Request Dajjol Haqida Nima Bilasiz? Update 1.0

Uploaded by

Rener Gomes

Requires Android

Android 4.1+

Show More

Dajjol Haqida Nima Bilasiz? Screenshots

Comment Loading...
Languages
Searching...
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Subscribed Successfully!
You're now subscribed to APKPure.
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Success!
You're now subscribed to our newsletter.