Use APKPure App
Get Imomi A'zam Buyuk Imomimiz old version APK for Android
Kutib Oling. Yangi kitobimiz
Assalomu Alaykum.
Islomdagi to‘rt mazhab musulmonlarining aqidasi bir bo‘lib, ibodat va muomalatlardagina ayrim
farqlar bor. Mazhablar o‘rtasidagi ixtiloflar juz’iy hisoblanadi va bu aqidadagi emas, balki ayrim
ibodatlardagi ixtiloflardir. Bizning ota-bobolarimiz, bugunga islom olamining teng yarmi amal
qiladigan Imomi A’zam abu Hanifa mazhabi ibodatdagi qulayliklari, payg‘ambar sunnatlarini olamga
izchil yoyganligi bilan ham muhimdir. Mazkur kitobda islom va unga amal qilishga oid, shuningdek,
mazhablarning har biri o‘zicha afzal va ayni paytda, boshqalari ham inkor etilmasligi borasidagi tarixiy
manbalardagi mulohazalar kitobxon e’tiboriga suhbat tarzida havola etiladi.
LA ILAHA ILLALLOH...
— Muhtaram ustoz, ilk suhbatingizni har bir mo‘‘min-musulmon bir umr har kuni aytadigan "La
ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" kalimasiga bag‘ishlasangiz? Ushbu kalimani chin dildan
tasdiqlagan holda aytishimiz — chin mo‘‘minligimiz belgisi ekan, demak, uning zamirida qanday
ma’nolar borligini bilishimiz zarur bo‘lsa kerak?
— Avvalan, janobi Haq taologa beadad hamdu sanolarimiz, hazrati Muhammad Mustafoga duo va
salavotlarimiz bo‘lsin. Albatta, O‘ktambek, bu xususda, avvalo, masalani "Bilishimiz zarur bo‘lsa
kerak?" deb ko‘yish sal o‘rinsizroq. Shuning uchun avval-boshdanoq "Buni bilishimiz zarur!" deb,
qat’iyat bilan javob qilamiz.
"La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" kalimasi — iymon kalimasi shu qadar buyuk,
insoniyatni najotga olib boradigan kalimaki, hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘zlarining
bir muborak hadislarida: "Mendan avvalgi payg‘ambarlarning ham va mening ham aytgan
so‘zlarimizning eng yaxshisi "La ilaha illalloh", — deganlar. Demak, bu kalima barcha
payg‘ambarlarning tilidagi kalima ekan. Ollohning elchilari bo‘lmish buyuk zotlarning dili va tilidagi
kalima biz musulmonlarga nasib etgan ekan, bu bizning baxtimizdir.
Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir hadisi muboraklarida: "Kimda-kim "Lailaha
illalloh", desa, jannatta kirur", deb marhamat qilganlar. Bu ikki og‘iz bilan aytiladigan va’da dunyo va
Oxirat diyoridagi abadiy umrning baxt-saodatiga kifoya qiladigan va’dadir.
Demak, bir so‘z insonni do‘zax azoblaridan qutqarib, jannatga kirishiga sabab bo‘lar ekan, bu
so‘zning o‘ziga yarasha yuki, vazni, mazmun-mohiyati bor, Biz mana shuni bilsak, bu muqaddas
kalimani tushungan holda aytsak hamda uning mazmuniga amal qilsak, inshoolloh, shu va’daga
musharraf bo‘lamiz. Bizni jannatga yetaklab boradigan tavhid kalimasi o‘zbekchada: "Yolg‘iz
Ollohdan boshqa Olloh yo‘q, Muhammad Ollohning elchisidir", deganidir.
— Ustoz, Siz, avvalo, "La ilaha illalloh " kalimasi ustida batafsilroq to‘xtalsangiz. "Olloh"degan
kalimaning o‘zini qanday tushunmog‘imiz kerak? Ollohning birligini qanday anglamog‘imiz lozim ?
— "Olloh" kalimasi arab tilida "ibodat qilinguvchi ma’budi barhaq" deganidir. Ya’ni sig‘inib,
ibodat qilib topinishga loyiq bo‘lgan yolg‘iz zot Ollohdir. Ollohdan boshqaga sig‘inib bo‘lmaydi.
Ollohdan boshqadan qo‘rqil-maydi. Olloh yagona bir zotki, o‘sha zotga ibodat qilish, o‘sha zotning
buyruqlarini ijro etish bilan Unga bandalik, ya’ni, qullik qilinadi.
... DAVOMINI O'QISH UCHUN DASTURNI YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN
Last updated on Dec 10, 2023
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.
Uploaded by
Amine Chinwi
Requires Android
Android 5.0+
Category
Report
Imomi A'zam Buyuk Imomimiz
1.1.3 by Kitoblar Olami
Dec 10, 2023