Icona Eynshteyn Jumbog'i

1.1.1 by Kitoblar Olami


Jan 10, 2024

Informazioni su Eynshteyn Jumbog'i

Premierda. Kutib Oling Qiziqarli, ajoyib, yangi hikoya.

Dekabrning asov shamoli tun bag‘rida o‘zini har yonga urib, bo‘riday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bag‘ridagi chiroqlarini o‘chirib, shamolga jo‘r bo‘lib, qorang‘i tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq shu imoratlar biqinidagi tarovatidan g‘alati taassurot uyg‘otadigan ikki qavatli bining pastki qavatidagi derazada zaifgina yorug‘lik miltillaydi.

Tokchadagi yovg'on, bir necha kun turib qolgan sabzavotlar xonaga badbo'y his taratardi. Suvoqlari ko'chib ketgan devorga omonatgina suyangan bir kimsa erigan shamdek shumshayib o'tirardi. Uning nigohi bir nuqtada – jahoniy fizik olim Albert Eynshteynning tilini ko‘rsatib tushgan mashhur suratida* ma’no-mazmunsiz va shuursiz qotib qolgandi. Olim ham uning holidan kulib o'tirganday edi go'yo. Izg‘irin derazaning salqi bo‘lib qolgan oynasini betinim shapatilar, yoriq joylariga tiqib qo‘yilgan paxtani itargancha, to‘g‘ri uning ajin bosgan yuziga urilardi. Uning yoshi endi qirqni oshgan bo‘lsada, sochlari qordek oppoq edi… Samoning par yostig‘i teshilganday laylak qor yog‘ardi. U iztirob to'la ko'zlarini yumib oldi. O'shanda ham shunday laylak qor yog'ardi…

… Ichki telefondan kotibaning mayin ovozi eshitildi:

– Xayrli kun, Azim alias. Birinchi qor bilan. Rahbarimiz sizni so'rayapti.

Azim «Istiqlolbank» xususiy bankining boshqaruvchisi eshigini jur’atsizgina taqillatarkan, miyasida ming xil o‘y charx urar edi. «Nima gap bo‘lishi mumkin?» U ichkarida uzog‘i bilan o‘n daqiqacha bo‘ldi. O'z xonasiga keliboq, uyga qo'ng'iroq qildi:

– Malika, bir xushxabarim bor. Qani, uning nimaligini topchi? – dedi xotiniga dabdurustdan.

– Xushxabar? Nima bo‘lishi mumkin?.. Aytaveringda. Bilasizu, topishmoqlarga tishim o‘tmaydi… Baribir topolmadim. O'zingiz ayta qoling.

– Bilasanmi, meni kredit bo‘limi rahbari etib tayinlashdi…

Malikaning yuragi hapqirib ketdi. O'zini pardek yengil his etdi. Oyoqlari yerdan uzilganday bo‘ldi. Ruhi olis-olislarga parvoz ayladi. Xotiralar epkini esdi, ular musiqiy sonatalarga aylanib, uni allalay boshlaganidan eriga tuzuk-quruq javob qaytarolmadi. Azim bilan u sevishib turmush qurgandi. Boshida ota-onasi Azim yetim qolib, mehribonlik uyida ulg‘aygani bois, o‘ylanib qolishgandi. Bir tomondan ancha qarshilik qilishib, qizlarini bu murodidan qaytarishga jonlarini jabborga berib tirishishdi, boshqa tomondan esa ikkilanishardi. Ikkilanishda har ikki yo'lga mayl, moyillik bo'ladi. Onasining so‘zi bilan aytganda: «Bunaqa oilaparvar yigitlar hozirgi zamonda anqoning urug‘i». Xullas, qarindosh-urug‘ oldidan o‘tishdi. Ikki yoshning orzu-omoli ushaldi.

Novità nell'ultima versione 1.1.1

Last updated on Jan 10, 2024

- Matnni Lotin yoki Krill alifbosiga o’zgartira olish.
- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Eynshteyn Jumbog'i 1.1.1

Caricata da

Rasol Nemar

È necessario Android

Android 5.0+

Mostra Altro

Eynshteyn Jumbog'i Screenshot

Commento Loading...
Lingua
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.