Use APKPure App
Get Gunohi Kabiralar old version APK for Android
eng katta gunohlarning ro'yxati!
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
Olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz Muhammadga salovot va salomlar bo'lsin!
Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar - gunohi kabiralar haqida so'z boradi. Alloh taolo va Uning Rasuli, uni qilishdan qaytargan ishlar gunohi kabiradir.
Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib yuborishini, so'ng uni jannatga kirgizishini xabar qiladi: "Agar sizlar man etilgan gunohlarning (Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo'lish, birovni nohaq o'ldirish qabi) sachiktalarigans (kiktalarigans) gunohlaringizni o'chirurmiz va sizlarni ulug' manzil – jannatga kiriturmiz" (Niso surasi, 31).
Islom olamining mo''tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Abu Abdulloh Zahabiy Shofe'iy hazratlarining prosciutto munosib o'rni bor. Imom Zahabiy hijriy 673 yili Suriyaning Damashq shahrida tavallud topganlar. "Zahabiy" taxallusi u kishiga otalarining kasbiga nisbatan berilgan bo'lib, "zargarning o'g'li" degan ma'noni anglatadi. Hadis ilmi bilan 18 yoshdan shug'ullanishni boshladilar, Ba'labakka, Hims, Hama, Aleppo, Tripoli, Nabulus, Ramla, Qohira, Iskandariya, Quddus, Hijoz kabi jami o'ttizta shaharda bo'ldilar. Ilm tahsili uchun juda ko'p olimlarning xizmatida turdilar. Ibn Zahiriy, Abarquhiy, Shayxul-Islom Ibn Daqiq Iyd (Imom Zahabiy u kishining oldiga ilm o'rgangani kelganida, imtihon qilib: "Abu Muhammad Hiloliy kim?" deb so'ragan, Imom Zahabiy: "Sufyon ibn Uyayna", deb to' g'ri javob bergach, Ibn Daqiq Iyd u zotni shogirdlikka qabul qilgan), davrining yetuk hadisshunos olimi Sharafiddin Dimyatiy, Jaloliddin Abu Ma'li Ansoriy kabi olimlardan hadis va fiqh ilmini o'rgandilar. So'ng Damashq shahriga qaytib, hadis ilmidan dars berdilar, islom olamida nomlarini mashhur etgan kitoblarini yozdilar. 73 yoshda ko'z nuridan ayrildilar va ikki yildan so'ng foniy dunyoni tark etdilar. Uchta farzandi bor edi: qizining ismi Amat Aziz va o'g'illari Abdulloh bilan Abu Hurayra Abdurahmon. Abdurahmon keyinchalik hadis ilmi peshvosiga aylanib, Ibn Nasriddin Damashqiy va Ibn Hajar Asqaloniy kabi olimlarga dars berdi, otasidan eshitgan ko'plab hadislarni rivoyat qildi. Imom Zahabiy 75 yil umr ko'rdilar, islom olamida hadis ilmining sultoni, qomusiy ilmlarga ega tarixchi, shajarashunos va shayxul islom sifatida nom qozondilar.
Kitob muallifi: Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
Tarjimon: Dilmurod Qo'shoqov
Muharrir: Ulug'bek Mutalov
Musahhih: Abdug'afur Iskandar
Last updated on Mar 6, 2023
Minor bug fixes and improvements. Install or update to the newest version to check it out!
Caricata da
Stella Gee
È necessario Android
Android 5.0+
Categoria
Segnala
Gunohi Kabiralar
1.0 by Знание
Mar 6, 2023