Icona Gunohu Kabiralar

1.1.5 by Kitoblar Olami


Jan 2, 2024

Informazioni su Gunohu Kabiralar

Kutib Oling. Yangi Kitob.

Bismillahir rohmanir rohiym

Olamlar Parvardigori Allohga hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz

Muhammadga salovot va salomlar bo'lsin!

Ushbu kitobda qaytarilgan va harom qilingan bir qancha ulkan gunohlar - gunohi

kabiralar haqida so'z boradi.

Alloh va Uning Rasuli Kitobu sunnatda qaytargan ishlar gunohi kabiradir. (Bund

gunohlar uchun dunyoda had-jazo belgilangan, oxiratda tahdid solingan, yoki uni sodir

qilgan kishining iymoni inkor qilingan, yoki la'natlangan, yoki «biz undan pokmiz», «u

bizdan emas», kabi so'zlar bilan sifatlangan.)

Alloh taolo gunohi kabiralardan chetlangan kishining kichik gunohlarini kechib

yuborishini, so'ng uni jannatga doxil etishini xabar qiladi:

«Agar sizlar man etilgan gunohlarning (Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq

bo'lish, birovni nohaq o'ldirish kabi) kattalaridan saqlansangizlar, qilgan

(kichik) gunohlaringizni o'chirurmiz va sizlarni ulug' manzil – jannatga

kiriturmiz» (Niso surasi, 31).

«Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g'azablangan

vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir» (Sho‘ro surasi, 37).

«Ular (ya'ni, jannatga sazovor bo'lganlar) kichik xatolardan boshqa katta

gunohlardan va buzuqliklardan yiroq bo'ladigan zotlardir. Albatta,

Parvardigoringiz mag‘firati keng zotdir...» (Van-najm surasi, 32).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Modomiki, banda katta gunohlardan

chetlanar ekan, besh vaqt namoz, juma keyingi jumagacha va ramazon keyingi

ramazongacha bo‘lgan kichik gunohlarga kafforatdir» (Muslim va Termiziy rivoyati).

Demak, qaysi gunohlar kabira ekanini bilib olishimiz juda muhim. Toki ulardan

chetlanaylik va Rabbimiz rahmatiga musharraf bo'laylik.

Bir toifa ulamolar gunohi kabiralarni yettita, deganlar va Rasululloh sollallohu alayhi

vasallamning quyidagi hadisi sharifini hujjat qilganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi

vasallam: «Halok qiluvchi yettita gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Ular qaysilar, yo

Rasululloh?» deb so'rashganida, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o'ldirishni) harom

qilgan jonni nohaq o'ldirish, yetim molini yeyish, sudxo'rlik, dushmandan ortga

chekinish, buzuq xayol bilan pokdomon mo‘mina ayollarga tuhmat qilish», deya javob

berganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu esa: «Gunohi kabiralar yettitadan ko‘ra, yetmishtaga

yaqinroq», deganlar. Yuqoridagi hadisda esa, gunohi kabiralar soni yettita emas, balki

mazkur yettita amal gunohi kabiralardan ekani bayon qilingan, xolos.

Xullasi kalom, kimda-kim odam o'ldirish, zino, o'g'irlik kabi dunyoda had joriy qilingan,

oxiratda azoblanishi yoki g'azabga uchrashi haqida tahdid solingan, Maometto

sollallohu alayhi vasallam tomonidan la'natlangan yoki «iymonsizdir», «bizdan emas»,

«biz undan pokmiz (boshqa-boshqamiz)» kabi jumlalar bilan sifatlangan biror amalni

qilsa, u gunohi kabira sodir etgan bo'ladi.

Shuni ham ta'kidab o'tish kerakki, ayrim gunohi kabiralar boshqalaridan ulkanroq

bo‘ladi. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga shirk keltirishni gunohi

kabiralardan, deb zikr qilganlar. Vaholanki, Allohga shirk keltirgan kimsa – mushrikning

gunohi hech qachon kechirilmaydi va u do'zaxda mangu qoladi.

«Albatta, Alloh O'ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini

kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni O'zi xohlagan bandalari uchun

kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq yo‘ldan ozibdi» (Niso

surasi, 116).

«Albatta, kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur,

uning borar joyi do'zaxdir. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas»

(Moida surasi, 72).

Novità nell'ultima versione 1.1.5

Last updated on Jan 2, 2024

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Gunohu Kabiralar 1.1.5

Caricata da

Rita Bou'khmada

È necessario Android

Android 5.0+

Available on

Ottieni Gunohu Kabiralar su Google Play

Mostra Altro

Gunohu Kabiralar Screenshot

Commento Loading...
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.