Icona Komiljon Otaniyozov

1.0 by Navosoft


Jan 7, 2020

Informazioni su Komiljon Otaniyozov

Siz sevgan qo'shiqlar, matnlari bilan, internetsiz, offlayn

Komiljon Otaniyozov (1917.20.7, Shovot tumani Bo'yrachi qishlog'i - 1975.5.11, Toshkent; o'z qishlog'iga dafn etilgan) - xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. O'zbekiston (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpog'iston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi bo'lib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yo'llarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yo'llarini Matpano Xudoyberganovdan o'rgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida ta'lim olgan (1955-56). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936-52), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. O. Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957-75 yillarda O'zbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957 yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi "Lazgi", 1957-59 va 1963-68 yillarda badiiy rahbari), 1967 yilda Turkmanistonning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973- 74 yillar Shovot tumanida "Feruz" ansamblini tashkil etdi.

Komiljon Otaniyozov 30-yillardan murakkab xalq ashulalarini, dostonlardan qo'shiqlar ayta boshlagan. Xorazm suvora va makomlari Komiljon Otaniyozov ijrochilik faoliyatining yuqori bosqichi bo'ldi. Komiljon Otaniyozov Xorazm doston qo'shiq (noma) lari asosida yangicha uslub yaratgan. Bastakor sifatida bu uslubda ijod qilgan "Salom, senga Xorazmdan", "Muborak", "Vatan", "Olqish", "Temir yo'l", "O'zbekiston", "Xorazm" kabi qo'shiklari o'zining ommabopligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Komiljon Otaniyozov A. Stepanov bilan hamkorlikda "Aziz va Sanam", "Oshiq G'arib", S. Hayitboyev bilan "So'nggi xon" kabi musiqali dramalar yaratdi. Osiyo mamlakatlarida gastrolda bo'lgan.

Ushbu ilovada Komiljon Otaniyozovning:

- Bulbul go`rdim

- Dilbargina

- Cane`man

- Feruz

- Fikr etma

- G`ami ishq

- Gulandonim

- Ko`ring

- Lazgi

- Muhammasi baxshi

- Naylaram

- Otashingdir

- Poda boqdim

- Samarqand ishshoqi

- Segoh-1

- Segoh-2

- Suvora

- Xo`sh endi

- Na tilar mannan

- Yorga tegmasin nomli qo`shiqlari joy olgan.

Novità nell'ultima versione 1.0

Last updated on Jan 7, 2020

Hit qo'shiqlar

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Komiljon Otaniyozov 1.0

Caricata da

Poe Reh

È necessario Android

Android 4.1+

Mostra Altro

Komiljon Otaniyozov Screenshot

Commento Loading...
Lingua
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.