Icona Muqaddas Kitob

3.1.1 by ИПБ


Feb 29, 2024

Informazioni su Muqaddas Kitob

Zamonaviy o'zbek tilidagi tarjima, qo'shimcha ma'lumot va izohlar Ilova qilingan

Mazkur ilova o'zbek tilidagi Muqaddas Kitobning, ya’ni Bibliyaning lotin yozuvidagi variantidir. Ilovaning kirill varianti, shuningdek iOS uchun lotin va kirill variantlari ham mavjud.

Ilovaning kirill varianti:

https://play.google.com/store/apps/details?id=org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.kirill.sab&hl=ru

Ilovaning ingliz tilidagi tafsiloti:

https://play.google.com/store/apps/details?id=org.ibt.uzbek.muqaddas.kitob.kirill.sab&hl=en

Muqaddas Kitobning boshqa elektron formatlari:

http://www.ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin

Muqaddas Kitob aslida ibroniy, oramiy va yunon tillarida yozilgan va ozbek tiliga o tillard taratrima qilingan. Mazkur tarjimaga har bir kitobga kirish, sarlavhalar, izohlar, lug'at, rasmlar, jadvallar va xaritalar ilova qilingan. Muqaddas Kitobning tarjima jarayoni, uni chuqur o'rganish uchun berilgan ushbu habal yana boshqa ma'lumotlar bilan tanishishni istasangiz, mazkur ilovaga kiritilgan So'zboshi va Muqaddas Kitobga kirish qismlariga murojaat eting.

Quyidagi ma’lumot 2016 yilda nashr qilingan Muqaddas Kitob ning So’zboshi dan olingan:

Mazkur Kitob ikki ming yildan oshiq davr mobaynida muqaddas deb e etirgan etilgan bitiklarning ozbek tiliga qilingan birinchi to'liq tarjimasidir. Muqaddas Kitob Eski va Yangi Ahd bitiklaridan iborat. Bular tarkibida ozbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo'lgan Tavrot, Zabur, Injil, shuningdek Payg’ambarlar bitiklari bor.

1992 yili Yangi Ahd kitoblari o'zbek tilida Injil nomi ostida ilk a'liq holda chop etilgan edi. Injil kitobining ilk tarjima matni chop etilgandan keyin ham jiddiy tahrir qilindi va mazkur nashrga kiritildi. Ushbu tarjima ustida mutaxassislar yigirma yildan ko’proq mehnat qildilar. Nihoyat, Muqaddas Kitob a'liq holda Ozbekiston Respublikasining davlat tilida chop etildi.

Muqaddas Kitobda bayon qilingan aksariyat voqealar g'arbiy Osiyoda bo'lib o'tgan bo’lsa – da, undagi bebaho hikmatlar dunyo bo'ylab yoyilib, ko'plab xalqlar madaniyatini yanada boyitdi. Insoniyat tarixida Muqaddas Kitobdan ko’ra ko’p tarjima qilingan kitob yo’q. Muqaddas Kitob jahon madaniyatining klassik merosi hisoblanadi.

Butun jahonda adabiyotning yuksak namunasi sifatida qadrlanadigan mazkur Kitob Xudoning insoniyat bilan boganlgan munosabati tarixi haqida soz yuritadi. Shu bois Kitob asrlar davomida odamlarga Yaratuvchi bilan hamda bir-birlari bilan yarashish yolini ko´rsatib kelmoqda.

Tarjimonlar guruhi mazkur Kitobga jiddiy ilmiy ish sifatida yondashganlar. Ular Kitob tarjimasi yuzasidan chuqur tadqiqotlar olib borib, oz oldilariga qo’yilgan vazifalarni nihoyatda diqqat - e'tibor bilan bajarganlar. Buni nafaqat matnning ozidan, balki kitobxonning bilimini oshirish uchun kitobga ilova qilingan qo’shimcha ma'lumotlardan ham ko´rishingiz mumkin. Shu bilan birga, tarjima uslubiga ham katta e’tibor berilgan, matn zamonaviy kitobxonlarimizga tushunarli bo'lishi uchun tabiiy va sodda tilda tarjima qilingan.

Muqaddas Kitobda bayon qilinishicha, Xudo har bir odamni O’ziga chorlaydi, Xushxabarning mag’zi ham asosan ana shundan iborat. Iso Masih yer yuziga kelib, xochdagi o'limi va olikdan tirilishi orqali bizga Xudo bilan yarashish imkonini berdi. Xudoning mangu sevgisi Iso orqali osmondan zaminga tushib keldi. Iso Xudoning fe’l-atvorini insoniy madaniyat va til orqali bizga namoyon qildi. Shuning uchun biz Xudoning qanday fe’l-atvorga ega ekanini bila olamiz. Umid qilamizki, Muqaddas Kitobning mazkur tarjimasi ko’plab kitobxonlarimizni Xushxabar orqali Xudo bilan yarashtiradi.

Muqaddas Kitob

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

[email protected]

Novità nell'ultima versione 3.1.1

Last updated on Feb 29, 2024

Eski Ahdning oʻn ikkita kitobiga matnni yoritib borish funksiyasi qoʻshilgan (ushbu funksiya “Faqat ovoz” audio versiyasi uchun qoʻllanilgan).
Matnning yoritib borilishi bilan bogʻliq muammo bartaraf qilindi.

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Muqaddas Kitob 3.1.1

Caricata da

Noémy Ch Fdz

È necessario Android

Android 4.1+

Available on

Ottieni Muqaddas Kitob su Google Play

Mostra Altro

Muqaddas Kitob Screenshot

Commento Loading...
Lingua
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.