Informazioni su Muvozanat

Kutib Oling. Yangi dastur

Assalomu Alaykum.

Salom Kitobxon! Siz bilan Ulug`bek Hamdamning "Muvozanat" romanidan olgan ba`zi katta-kichik xulosalarimni bo`lishmoqchiman: Asarda davlatimiz mustaqillikni endigina qo`lga kiritgan qiyinchiliklarga to`la dastlabki yillar, o`tish davridagi og`ir o`zgarishlar tasvirlanadi (Bu orqali har qanday yaxshi ishning ham boshlanishi mashaqqatli bo`lishi mukin, deb o`yladim). Hatto ziyolilar ham o`zini yoppasiga bozorga ura boshlaydi, oddiy odamlar shu darajada qiynalishadiki, oldingi imperiya davrlarini sog`inganlar ular orasida ko`plab topilardi. Romanda bosh qahramon Yusuf shaharga qaytayotganida bolalik do`sti Sodiq ham unga o`zidagi shu o`ylarni aytadi. Yusuf esa juda vatanparvar inson bo`lib, yurta ozodligini o`zidan, oilasidan, bor-budidan afzal ko`radi: "Agar holimiz hozirgidan beshbattar bo`lib, yeyishga bir burda nonimiz qolmasa ham, o`g`limga bitta xapdori sotib ololmay , qo`limning kaltaligi o`limiga sababchi bo`lsa-da, ro`zg`orim kuyib kul bo`lib to`zib ketsa ham, yo`q, men o`tmishning qaytib kelishini istamayman, tushunyapsanmi, Sodiq, sen sog` inayotgan, qo`msayotgan imperiyani xohlamayman". Meni ta`sirlantirgani shu bo`ldiki, Yusufning o`sha damda so`zlaganlari uning hayotida bus-butun bo`y ko`rgizdi. Inson tishlari orasidan hatlayotgan har bir so`zga e`tiborli bo`lishi, hatto hazillashibmi, qizishibmi yomonlikni tilga olmasligi juda-juda muhim ekanligini angladim. Asarda yana bir voqea- mazlumlar qarg`ishining ijobati ham tasvirlangan. Yusufning akasi Amir (u ham asosiy qahramonlardan biri) o`g`rilikda gumon qilinib, aslida beginoh bo`laturib cho`ponlar tomonidan qiynoqqa solinadi, bir qultum suvga zor bo`ladi. O`shanda Amir o`ziga ozor berganlarni "ko`zlaringga sel to`lsin senlarning" deya qarg`aydi va bu qarg`ish ham cho`pon cholning sel toshqini tufayli ikki azamat og`lidan judo bo`lishi bilan mustajob bo`ladi .

Asarning nomi, undagi men anglagan asosiy mazmun esa jism va ruhdan iborat insonning ikki xil muvozanat-din va dunyo ishlari hamda moddiyat va ruhoniyat aro muvozanat o`rnata olishi muhimligi haqida. Rumiy boboning “agar danakni chaqib, mag`zinigina eksang, nihol unib chiqmaydi. Urug`ning tuproqni yorib chiqishi uchun ham mag`iz, ham qobiq birday muhim” mazmunidagi gaplari yodimga keladi. Maktab darsliklarida esa insonning moddiy va ma`naviy hayoti qushning ikki qanotiga qiyoslangan edi. Yaqinda matnshunoslik fanidan eski o`zbek yozuvidagi ajib bir matnni o`qidik. Unda yozilishicha, payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga qaysidir oyat nozil bo`lganida rasulullohimiz yonlarida turgan hatto tirikligidayoq jannat xushxabarini eshitgan sahobalar “eh, koshkiydi, ona qornidaligimdayoq o`lib ketgan bo`lsaydim”, “eh, koshkiydi, inson bo' lib tug`ilmaganimda edi” kabi afsusdan iborat gaplarni aytishadi. Haa, to`g`risi, odam bo`lib yashash juda qiyin. Ba`zan qalbimda g`alati talato`pni suo qilaman, ruhiy muvozanatimni saqlay olmayman. Rislig`oy Hotamovaning mashhur "Inson ruhida ham qiyomatlar bor" she`rini o`qiganimdan keyin ruhimdagi o`sha voqelik nominando qiyomat ekanligini anglab qoldim. Asarda zamona zayli bilan Yusuf moddiy ehtiyojlari qondirilishiga muhtoj holda, Yusufning talabalik davridagi Miraziz ismli do`stining xotini Zahro esa to`kin hayot ichra, hashamat ichra ma`naviy to`kinlikka ehtiyoj sezib yashaydi. G`alati-a? Yo`g`-e, aslida ham odamning katta harflar bilan yoziluvchi haqiqiy INSON bo`lib yashashi uchun ham ma`naviyat, ham moddiyat birday muhim.

Kamina "Muvozanat" qayoqqadir chopqillab ketayotgan insonni dunyo, odam yaralishidan asosiy maqsad nima kabi yuksak mavzular to`g`risida o`ylashga majbur qiladigan ajoyib asar, deb hisoblayman.

Sevinch Avazova,

Novità nell'ultima versione 1.1.8

Last updated on Feb 8, 2024

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Muvozanat 1.1.8

Caricata da

Pyae Gyi Pyae Gyi

È necessario Android

Android 5.0+

Available on

Ottieni Muvozanat su Google Play

Mostra Altro

Muvozanat Screenshot

Commento Loading...
Lingua
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.