Icona Onkologik kasalliklar

10.0 by Propubplace


Jul 28, 2024

Informazioni su Onkologik kasalliklar

Rak, saraton kasalliklari paydo bo'lishi sabablari, oldini olish va davolash

Onkologiya (yun. Onkos - shish, oʻsma va ... logiya) - fan di tibbiy-biologik; odam, hayvon va oʻsimliklarda onkogenezni nazariy, eksperimental va klinik jihatdan oʻrganadi va oʻsmalarni aniqlash, davolash hamda oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Eksperimental va klinik Onkologiya farq qilinadi. Onkologiya 20-asrda eksperimental tibbiyot yutuqlari (o`sma hujayralarini koʻchirib oʻtkazish, keyinchalik esa tashqaridan taʼsir etib, hayvonlarda oʻsmalar hosil qilish) asosida shakllandi. Oʻsmalar insoniyatga juda kadimdan maʼlum (Gippokrat, K. Galen), ung oid dastlabki yozma manbalar miloddan avvalgi Misr, Xitoy va Hindistonda topilgan. Onkologiya ning rivojlanishida, ayniqsa, Gippokrat, Ibn Sino, nemis olimi R.

Virxov, rus olimlari M. A. Novinskiy, N. N. Petrov va boshqalarning xizmatlari katta. Eksperimental Onkologiya (MA Novinskiy asarlaridan boshlangan, 1876) va nazariy Onkologiya da oʻsma hosil qiluvchi omil turiga qarab 3 asosiy yoʻnalish: virus Onkologiya si (fransuz olimi A. Borrel, 1903, amerikalik olim. K. Yamagiva va K. Itikava, 1915) va radiatsion Onkologiya (fransuz olimi A. Lakassan, 1932) va boshqa shakllandi. Rus olimi L. A. Zilber oʻsmalarning virus-genetik nazariyasini ishlab chikdi. Klinik Onkologiya ning jadal rivojlanishi xirurgiya, radiologiya, kimyoterapiya, immunologiyaning muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Gippokrat xavfli oʻsmalar kelib chiqishida tashqi omillarga alohida ahamiyat bergan, bunda u bemorga ruhiy va jisman sifatlarini mujassamlashtirgan xrlda, har biriga xos (individual) yon-doshish kerakliginiyt.

Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" kitobida oʻzining shaxsiy eksperimental va klinik tajribalari bilan birga oʻsmalarning kelib chiqishi, belgilari, ularni taniy olish va davolash usullarini qam bayon qilgan.

R. Virxovning hujayra patologiyasi nazariyasi tibbiyot, jumladan, Onkologiya tarixida keskin burilish yasadi.

Eksperimental Onkologiya ning asoschisi M. A. Novinskiy dunyoda birinchi boʻlib hayvonlarda xavfli oʻsmalarni biridanbiriga koʻchirib oʻtkazib, oʻsmalarning eksperimental shtammlarini hosil qilish uchun` N. N. Petrovning nazariy va amaliy Onkologiya ga qoʻshgan hissasi ulkan. Uning "Oʻsmalar xaqida umumiy taʼlimot" (1910) monografiyasi Onkologiya tarixida shifokor-onkologlarning ilk dasturi boʻlib qoldi va oʻsmalar haqidagi bilimlarning keng tarqalishiga olib keldi.

Osmalar, blastomalar - organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻ.ga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi.

Oʻsmalarni onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) Oʻsmalar farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsmalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli Oʻsmalar tez rivojlanib, boshqa toʻqimalarga oʻsib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi. Odatda, qon va limfa tomirlari che divora yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan o`sma hujayralari turli aʼzo va toʻqimalarga metastaz beradi. Natijada Oʻsmalarning ikkilamchi tugunlari - metastazlar hosil boʻladi, yaʼni Oʻsmalar tarqalib ketadi. Oʻsmalar butunlay olib tashlanmasa, qaytadan oʻsib chiqadi (retsidiv beradi). Xavfsiz Oʻsmalar metastaz bermaydi (tarqalmaydi), munizioni paydo boʻlgan joyiga koʻra hayot uchun xavfli boʻlishi (mas, miyada yoki nafas va hazm yoʻllarida boʻlsa, ularni siqib, ezib qo`yishi, shun qing, shun) Oʻsmalar ning metastaz berishbermasligi va metastaz berish tezligi organizzando immunobiologik holatiga bogʻliq.

Novità nell'ultima versione 10.0

Last updated on Jul 28, 2024

Onkologik kasalliklar va davolash

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Onkologik kasalliklar 10.0

Caricata da

Di Hoàng Thiên

È necessario Android

Android 5.0+

Available on

Ottieni Onkologik kasalliklar su Google Play

Mostra Altro

Onkologik kasalliklar Screenshot

Commento Loading...
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.