Icona Sherali Jo`rayev

1.0 by Sado


Oct 30, 2019

Informazioni su Sherali Jo`rayev

Siz sevgan qo'shiqlar (matnlari bilan) sevimli honandangiz ijrosida, internetsiz

Ajab-Ajab

Azizim

Baxt tilaylik

Bobodehqon

Davron a`xtamas

Do`stlik

Ey do`st

Go`zal

Inson o`zing

Ketma Bahor

Ko`zga ne bo`ldi

Oltin qanot

Ona yig`lar

Parijon

Qarashlarga

Qo`shiqlarim bor

Sirdoshim

Umr o`tmoqda

Yigit omon bo`lsa

Sherali Jo`rayev 1947-yil Asakada tug`ilgan. Uning qaysi kunda tug`ilgani noma`lum. Qo`shiqchi 12-aprelni ramziy ravishda o`z tug`ilgan kuni qilib tanlagan. 12-aprelda rus kosmonavti Yuriy Gagarin fazoga uchgan. Qo`shiqchiga ko`ra, uning bu sanani o`z tug`ilgan kuni o`laroq tanlashiga yana bir sabab u``vvchilik davrida 12-aprel kuni bo`lib o`tgan velopoygada g`olib bo`lgan.

Jo`rayev 1972-yil Toshkent teatr va rassomlik san`ati institutini tugatgan. 1976-yil Mannon Uyg`ur nomidagi Toshkent davlat san`at institutini yakunlagan. Jo`rayevning ikki o`g`li - Shohjahon Jo`rayev va Zoirshoh (Zirg`omshoh) Jo`rayev prosciutto qo`shiqchilik yo`lini tanlagan. Shogirdlari: Halim Jo`rayev, Ilhom Jo`rayev, Shuhrat Davlatov, Rustam Gaipov, Botir Qodirov, Asilbek Amonulloh (Negmatov), ​​Sardor Mamadaliyev va boshqalar.

Jo`rayev o`zbek davlat estradasi (1972-1973), „Shodlik“ ashula va raqs ansambli (1972-1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979-1986), O`zbek davlat filarmoniyasi (1986-1996), „O` zbeknavo “birlashmasi (1999-yildan) da yakkaxon xonanda bo`lgan.

Jo`rayev tabiatan shirali ovozga ega. Ijro uslubi monologik, dramatik iztiroblarga asoslangan. Uning ijrosidagi qo`shiqlar xalqchilligi, mushohadali, falsafiy mazmunga boyligi, benazir jozibasi va teran insoniy dardliligi bilan ajralib turadi. Jo`rayev repertuari ko`p qirrali va rang-barang. Qo`shiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sa`diy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jome` va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov) . 2008-anno Jo`rayev uyida Rumiyxonlik kechalarini uyushtirgan.

Sherali Jo`rayev o`zining uzoq yillik ijodi davomida yuzlab qo`shiq yozib, ijro etgan. Uning eng mashhur ashulalari orasida "Bahor ayyomi" (Bobur she`ri), "Birinchi muhabbatim" (Abdulla Oripov she`ri), "Inson qasidasi" (Erkin Vohidov she`ri), "Karvon", "Meni kutgil" (Konstantin Simonov she`ri), „Oshiqlar sardori“ (Rasul Hamzatov she`ri), „O`zbegim“ (Erkin Vohidov she`ri), „O`xshamas“ (Alisher Navoiy g`azali) qo`shiqlari bor.

Jo`rayevning „O`zbegim“ qo`shig`i World Music Network 2005-yil chiqargan „O`rta Osiyo musiqasi bo`yicha umumiy qo`llanma“ (ingl. Rough Guide to the Music of Central Asia) albomiga kiritilgan. 2004-yil 23-aprelda Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning 78 yoshga to`lish munosabati bilan Britaniya elchisi Craig Murray mingdan oshiq mehmonni elchixonaga chaqirgan. Toshkentdagi tadbirga Sherali Jo'rayev, Sevara Nazarxon va a Vladimir Neimer dirijorlik qilgan orkestr chaqirilgan. O`sha paytda yana Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi Shotlandiyalik Battlefield guruhining O`zbekiston bo`ylab turini uyushtirgan. Bu guruh bilan Jo`rayev ham birga qo`shiq kuylagan.

Jo`rayev aksar qo`shiqlari kuyini o`zi bastalagan (jumladan, „Birinchi muhabbatim“, „O`zbegim“, „Karvon“, „Achchiq haqiqat“, „Yaralgan“, „Oshiqlar sardori“, „Inson qasidasi“, „Inson qasidasi“, „ Oshiq bo`ling “va boshqalar). Ba`zi qo`shiqlarining matnini ham o`zi yozgan. Bular orasida „Bobo Dehqon“, „Zamon“, „Qarashlarga“, „Ona Turkiston“, „Sohibqiron“, „Do`st bo`lsang, yonimda tur“, „Qayon ketmoqdasiz?“ Ashulalari bor.

1992-yilda O`zteleradiokompaniyasi Jo`rayev ijodiga bag`ishlangan „Bir ulug` el bor jahonda“ film-esse yaratgan. Qo`shiqchi Yevropa, Osiyo mamlakatlarida gastrolda bo`lgan.

Jo'rayev 1990-yildan 1995-yilgacha O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi a`zosi bo`lgan. U „Sherali va Oybarchin“ filmiga ssenariy yozgan va filmda bosh rolni o`ynagan. 1998-yil "Bola yerning sultoni" deb nomlanuvchi kitob yozgan.

Novità nell'ultima versione 1.0

Last updated on Oct 30, 2019

Siz sevgan qo'shiqlar

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Sherali Jo`rayev 1.0

Caricata da

Gulfraz Ali

È necessario Android

Android 4.1+

Mostra Altro

Sherali Jo`rayev Screenshot

Commento Loading...
Lingua
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.