Muslima kundaligi icon

1.3 by Al Khorazmiy


Jan 23, 2016

About Muslima kundaligi

Kun tartibi, namoz vaqtlari, farzand tarbiyasi, go‘zallik va retseptlar.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuhu!

Muhtaram opa singillar ushbu dastur sizga nafaqat kundalik ishlaringizni tartiblashda, balki namoz vaqtlarini aniqlashtirishda ham ko‘makchi bir taqvimdir. Oddiy taqvimlardan farqli o‘laroq unda zuho va tahajjud namozlari vaqti ham berilgan. Zero bu ikki namozning ham ulug‘ligi va fazilatli ekanligi hadislarda ta’kidlangan. Eslatib o‘tamiz: namoz vaqtlari shahardan shaharga farq qiladi. Shuning uchun dasturning “Sozlash” sahifasida joyingizni aniqlang.

Har bir kun sanasi berilar ekan, o‘sha kunda ro‘za tutish farz, sunnat yoki aksincha man etilganligi qayd qilingan. Shuningdek bayramlarimiz va alohida ahamiyatli kunlar ham esdan chiqmagan. O‘sha kunga tegishli hadislar va ma’lumotlar keltirilgan. Ular Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va hayot” silsilasidan olingan.

Kundalik har kungi ishlaringizni soatlar bo‘yicha tartiblashingiz uchun qulay bir holda tuzildi. “Kun tartibi” sahifasida muhim ishlaringizni unutmasligingiz uchun eslamtalar qo‘shishingiz mumkin.

“Xarid zarurati” sahifasi ayollarimiz uchun juda dolzarb. Chunki biz hamisha nimanidir xarid qilishimiz kerak bo‘ladiyu, ba’zan ro‘yxatdan biror narsa unutiladi. Umid qilamizki, endi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek ayni qo‘llanmada siz har kuni yangi taomlar retseptlarini ham topasiz. Taomlarga kerakli masalliqlar yurtimizda mavjudligiga ahamiyat berildi va faslga moslab tanlandi. Har bir taomning retseptini batafsil o‘rganishni istasangiz va fotolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz www.muslimaat.uz saytiga murojaat qiling.

Yana siz uchun kerakli deb hisoblab tavsiya etganimiz: farzand tarbiyasi ruknidir. Har bir ona o‘z farzandining tarbiyali bo‘lmog‘ini orzu qiladi. Shunday ekan, ayni borada bolalar psixologlari, jahondagi mashhur pediatrlar tavsiyalari, qolaversa milliy diniy an’analarimizdan kelib chiqqan holda ushbu maslahatlarni jamlashga urindik.

Ayollar uchun o‘ta muhim bo‘lgan mavzu bu go‘zallik. Sir emaski oilalarimizning mustahkamligi ba’zan ayollarimizning o‘zlariga nisbatan ahamiyatlari bo‘lishlariga, tashqi ko‘rinishlariga bog‘liq bo‘lib qoladi. Ayni maqsadni ko‘zlab, uy sharoitida yaxshilashimiz mumkin bo‘lgan jihatlar e’tiborga olingan holda, kerakli maslahat va tavsiyalarni “Go‘zallik” sahifasida topasiz.

“Kalendar” sahifasida oylik kalendarni milodiy hamda xijriy sanalar ko‘rinishida taqdim qildik. Bu kalendar yangi oy chiqish kunini bilishda hamda ayollarna xos holatlarni belgilab borishda qo‘l keladi.

Dasturda qo‘shimcha o‘laroq hozirgi kunda maxsulotlarda uchraydigan zararli elementlar (E-moddalar) va kir yuvishda kiyimlarda ehtiyot belgilarning izohlarini topasiz.

Aziz Muslima opa singillar! Qo‘lingizdagi ushbu kundalik sizu bizga ikki dunyoda manfaatli bo‘lishini so‘raymiz. Agar sahvu xatolar uchrasa, uzr so‘raymiz. Maqul kelgan jihatlari uchun esa duolaringizdan umidvormiz!

What's New in the Latest Version 1.3

Last updated on Jan 23, 2016

• Баъзи техник хатоликлар тузатилди

Translation Loading...

Additional APP Information

Latest Version

Request Muslima kundaligi Update 1.3

Uploaded by

Gonçalo Gomes Da Costa

Requires Android

Android 3.2+

Show More

Muslima kundaligi Screenshots

Comment Loading...
Languages
Searching...
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Subscribed Successfully!
You're now subscribed to APKPure.
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Success!
You're now subscribed to our newsletter.