About O'g'irlangan Million Dollar

Kutib OLing. Yangi Kitobimiz

AGATA KRISTI

OʻGʻIRLANGAN

MILLION DOLLAR

Izquvarlar Erkyul Puaro va Marpl xonim

haqida tanlab olingan eng sara

detektiv hikoyalar

Qoʻlingizdagi kitobga detektiv janri qirolichasi nomini

olgan yozuvchining eng qiziqarli hikoyalari tan-

lab olindi. Ushbu hikoyalar bir-biridan qiziqarli, sirliligi

bilan kitobxon eʼtiborini tortadi.

Yozuvchining asarlari kitobxonni voqealarning sirli jum-

boqqa boyligi bilan oʻziga tezda jalb qiladi. Uning izquvar

qahramonlari fikri tiniqligi, jinoyatlarni fosh qilishda

yaqindan ishtirok etishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa,

qoʻngʻiz moʻylov Puaroning jinoyatlarni fosh etishi yoki Marpl

xonimning jinoyatlarni ochishda masalaning yechimida oʻzining

aniq xulosasini berishi kishini hayratga soladi. Siz, aziz

oʻquvchi, kitobni oʻqish jarayonida bunga amin boʻlasiz.

TILSIMLI ShAXMAT

Koʻpincha biz Puaro bilan Soxodagi moʻjazgina

restoranchada ovqatlanardik. Bir kishi kechqurun

biz u yerda eski qadrdonimiz – inspektor Jepni

koʻrib qoldik. Stolimizda boʻsh oʻrin boʻlgani sababli

u bizning yonimizga kelib oʻtirdi.

– Biz tomonlarga bormay qoʻydingiz, – deb undan

oʻpkaladi Puaro. – Sariq yosuman ishidan keyin hech

koʻrishmadik siz bilan, oʻshandan beri, mana, darrov

bir oy ham oʻtib ketibdi.

– Men shimolga borib keldim. Oʻzingizning ishla-

ringiz qalay? Katta toʻrtlik ish koʻrsatib yotibdimi?

Puaro barmogʻi bilan uni yanib qoʻydi.

– Siz bekorga mening ustimdan kulyapsiz. Katta

toʻrtlikning mavjudligi aniq.

– Oʻ-oʻ, men bunga shubha qilmayman. Lekin ular,

siz taʼriflaganchalik, dunyoning ustuni ham emas-da.

– Doʻstim, siz qattiq yanglishasiz. Hozirgi payt-

da butun dunyoga yovuzlik urugʻini oʻta faollik bilan

sochayotgan shu Katta toʻrtlik boʻladi.

Ularning maqsadi nimaga qaratilgani hech kimga

maʼlum emas, lekin shu paytgacha bunday oʻta jinoiy

tashkilot dunyoda boʻlmagan. Bu tashkilotga Xitoy-

ning eng yirik zakovat sohibi boshchilik qiladi,

uning tarkibida amerikalik millioner va fran-

siyalik olima bor, tashkilotning toʻrtinchi raqamli

aʼzosi masalasiga kelsak...

Jep uning soʻzini boʻlib dedi:

DAVOMINI O'QISH UCHUN DASTURNI YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN.

What's New in the Latest Version 1.1.4

Last updated on Oct 17, 2023

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Translation Loading...

Additional APP Information

Latest Version

Request O'g'irlangan Million Dollar Update 1.1.4

Uploaded by

Ali Al-Don

Requires Android

Android 5.0+

Available on

Get O'g'irlangan Million Dollar on Google Play

Show More

O'g'irlangan Million Dollar Screenshots

Comment Loading...
Searching...
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Subscribed Successfully!
You're now subscribed to APKPure.
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Success!
You're now subscribed to our newsletter.