Virusli gepatitdan ehtiyot bo` icon

10.0 by Propubplace


Jul 27, 2024

About Virusli gepatitdan ehtiyot bo`

Virusli gepatit, uning turlari va davolash haqidagi ma'lumotlar

Virusli gepatit - oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki "pivo"ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, C, D, E, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B, S, D, G) xillarga ajratiladi. A va E virusli gepatitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shuning uchun axlat, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan Virusli gepatitlar shprits, igna va b. tibbiy asboblarni yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek qon va qon preparatlari quyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik va b.) vaqtida yuqishi mumkin. Virusli gepatitlar davriy kechishi bilan harakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi. Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va E virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan yuqadigan xillarida 2 haftadan 6 oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. Virusli gepatitlar yengil, oʻrta va ogʻir, shuningdek asoratsiz va asoratli, oʻtkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi; baʼzan aralash xillari ham kuzatiladi. Homilador ayollar va bolalarda kasallik ogʻirroq kechadi. Virusli gepatitlarning shakli-shamoyili turlicha: grippga oʻxshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda latent (klinik belgisiz). Kasallik grippga oʻxshab boshlanganda bemor toʻsatdan qaltiraydi, eti uvishadi. boshi ogʻriydi, harorati koʻtariladi, aʼzoyi badani qaqshaydi, yoʻtaladi va h.k. Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor koʻngli aynib qusadi, meʼda sohasida bir oz ogʻriq boʻladi, baʼzan ichi ketadi; uning madori qurib, ishtahasi pasayadi, oʻng qovurgʻasi ostida ogʻriq paydo boʻladi. Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻp terlaydi, oʻta injiq, yigʻloqi boʻlib qoladi. Virusli gepatit larning boshlangʻich davri qanday sindrom bilan kechishidan qatʼi nazar, shu kasallikka xos 3 belgi kuzatiladi: 1) siydikning pivo rangida boʻlishi; 2) axlat rangining oqarishi; 3) koʻpchilik (deyarli 90%) hollarda jigarning kattalashishi.

Kasallikning "sariqlik davri" ham oʻziga xos tarzda kechadi. Koʻz oqi sargʻayishi bilan Virusli gepatit .ning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sargʻayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzalinqiraydi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan Virusli gepatitlarda, ogʻiz orqali yuqadiganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq choʻziladi, bemor tezda tuzalavermaydi, darmoni quriydi, koʻngli ayniydi, baʼzi hollarda badani qichiydi (xolestatik xili). Virusli gepatitlarning xiliga qarab uning klinik alomatlari turlicha namoyon boʻlishi mumkin: sariqsiz oʻtadigan shaklida pigment almashinuvi buzilmaganligi sababli bemor sargʻaymaydi, siydigi va axlatining rangi oʻzgarmaydi, qonda bilirubin miqdori meʼyorida boʻladi. Bilinar-bilinmas belgilar bilan oʻtadigan shaklida bemorning koʻzi qisqa muddat sal sargʻayadi, bilirubin miqsori ham tezda oʻz asliga keladi. Subklinik shaklida klinik belgilar deyarli kuzatilmaydi, uni faqat lab. tekshiruvlaridan bilish mumkin. Virusli gepatitning virus tashib yuruvchilik shakli ancha murakkab, u yashirin holda kechib, bora-bora surunkali tus oladi. Kasallikning surunkali xili ancha ogir asoratlarga (oʻtkir jigar ensefalopatiyasi, gemorragik, shish-assitik sindrom va b.) sabab boʻlishi mumkin.

What's New in the Latest Version 10.0

Last updated on Jul 27, 2024

Virusli gepatitdan ehtiyot bo`ling

Translation Loading...

Additional APP Information

Latest Version

Request Virusli gepatitdan ehtiyot bo` Update 10.0

Uploaded by

Mohad Ali

Requires Android

Android 5.0+

Available on

Get Virusli gepatitdan ehtiyot bo` on Google Play

Show More

Virusli gepatitdan ehtiyot bo` Screenshots

Comment Loading...
Languages
Searching...
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Subscribed Successfully!
You're now subscribed to APKPure.
Subscribe to APKPure
Be the first to get access to the early release, news, and guides of the best Android games and apps.
No thanks
Sign Up
Success!
You're now subscribed to our newsletter.