Icona Ot Kishnagan Oqshom

1.1.5 by Kitoblar Olami


Nov 9, 2023

Informazioni su Ot Kishnagan Oqshom

Kutib Oling. Kitob Yangi

Ot kishnagan oqshom (qissa) [Tog'ay Murod]

Muallifdan

Bu qissalar ne bir kunlarni koʻrmadi!

Zoti nomard boʻldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og'zi buzuq bo'ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo'li nopok bo'ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o'chirib tashladi.

Oqibat, ushbu qissalar o'z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.

Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar boʻlsak... uloq Togʻay Murodda ketdi!

1

Birodarlar, koʻrgilik, koʻrgilik!

Bir erta uygʻonib, kallamga qoʻl yugurtirdim. Sochlarim orasida yara-chaqalar uch berdi. Par¬voyim falak boʻldi, yura berdim. Onamga-da aytmadim.

Chaqalar kun sayin bolaladi. Katta-katta boʻldi. Qo'tir bo'lib qichidi.

Shunda, qishlog'imiz do'xtiriga bordim. Doʻxtir fu, deya aftini burishtirdi. Yurchidagi kalxonaga olib joʻnadi.

Yoʻlda mashinadan tashlab qochdim. Ushlab kelib, yana mashinaga bosdi.

Kalxonada... Uh, aytgili yoʻq. Do'xtir degani berahm ekan. Onamni koʻrdim, birodarlar, onamni...

Bari kalga qaytadan jingala soch bitdi. Mening kallam yaltirab qoldi. Bitta-da soch bitmadi! Do'xtirlar ajablandi, kamdan kam uchraydigan voqea, dedi. Xoʻrligimdan yigʻlab-yigʻlab uyga keldim.

Onamiz tap-taqir kallamni ushlab-ushlab koʻrdi. Ich-ichidan kuydi. Aytib-aytib yigʻladi.

— Kambagʻalni tuyaning ustida it qopadi, degani shu-da, — dedi.

Katta telpak sotib oldim. Qishin-yozin quloq¬larimgacha bostirib kiyib yurdim. Maktabda-da telpagimni olmadim.

Matematika muallimimiz oyogʻini tirab talab etdi:

— Bosh kiyimingni olmasang, dars oʻtmayman! — dedi.

Vecchio qatorda o'tirgan sinf oqsoqolimiz muallimga bir nimalar dedi. Munizioni muallim o'z so'zida turdi:

— Oʻquvchi darsda yalangbosh oʻtirishi lozim! Qoida domenica!

Telpagimni kallamga bosib ushladim.

— Oʻquvchi Qurbonov, senga aytyapman!

Miq etmadim. Muallimimiz telpagimni boshimdan yulib oldi. Derazadan tashqariga otib yubordi.

Sinfimiz bolalar kulgisidan zirillab ketdi. Bolalar kallamni oftobga mengzab qiyqirdi:

— Ura-a-a, kun chiqdi!

3

Birodarlar, siz soʻramang, men aytmayman... Oti Momosuluv emish. Yuzlari kulchadaymi, yo, su¬luvmi? Ko'zlari qorami, yo zig'ir gulidaymi? Qosh¬¬¬lari quyuqmi? Quyuq bo'lsa, qayrilmami? Ke¬chasiligidan koʻrmas emishman, bilmas emishman.

Koʻroydin emish. Momosuluvlar koʻchasida telba boʻlib yurar emishman. Bir nima yoʻqotganday tentirar emishman. Yo'l chetidagi toshga cho'nqayibman, kaftlarimni iyamgimga tirabman. Oyga mahliyo boʻlib-mahliyo boʻlib termilibman. Oyning beti kir emish. Oyga sonsiz oshiqlar mahliyo termildi. Oy qaysi oshiqqa bir oʻpich berdi? Oy qaysi oshiqqa vafo qildi?

Oyga qo'l siltab, o'rimdan turibman. Momo¬suluvlar devoridan oshibman. Iti yoʻq emish. Daraxtlar panalab, derazasiga termilibman. Olmalaridan uzib-uzib yebman. Keyin, ayvoniga, undan ichkariga kiribman. Timirskilanib, to'shagini to¬pibman. Momosuluv uygʻonib ketibdi, chirillayman, ket, debdi. Uomini yolvoribman. Qo'limni uzatibman. U qo'limni qaytarib, o'zimga suribdi. Keyin, Momosuluvning qoʻyniga kiribman!

Birodarlar-e, jamiki olam bir taraf, qo'yin deganlari bir taraf ekan! Ahah-ahah!

Boriga shukur qilsam boʻlmasmidi? Tek yotsam boʻlmasmidi? Qo'yniga qanoat qilsam bo'lmasmidi?

Men tinmas, Momosuluvning koʻngliga-da kiribman! Oshiqona-oshiqona qadamlar bosib, koʻnglini ovlabman. Zim-ziyo bir olam emish. Tevarak huvillab yotarmish. Qimirlagan jon yo'q emish. Erkak zotining o'zi tugul, izlari-da yo'q emish. Be¬hishtday bir olam emish.

Tevarakka alanglab, kular emishman: ushbu behishtga mendan o'zgalar kelmabdi!

Koʻnglimni zoʻr bir xushvaqtlik qitiqlar emish: ushbu behishtga birinchi boʻlib men qadam qoʻyibman! Ahah-ahah!

Koʻzimni ochsam uy zimiston, bolishni qu¬choqlab yotibman.

Uyqum qochdi. Uyqumni quvalab, shiftga qarab yotdim. Chin, qishlog'imizda shunday qiz bor. Oti Momosuluv.

Novità nell'ultima versione 1.1.5

Last updated on Nov 9, 2023

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Traduzione in caricamento...

Informazioni APP aggiuntive

Ultima versione

Richiedi aggiornamento Ot Kishnagan Oqshom 1.1.5

Caricata da

Carlos Lemos

È necessario Android

Android 5.0+

Mostra Altro

Ot Kishnagan Oqshom Screenshot

Commento Loading...
Ricerca...
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Abbonato con successo!
Ora sei iscritto ad APKPure.
Iscriviti ad APKPure
Sii il primo ad accedere alla versione anticipata, alle notizie e alle guide dei migliori giochi e app Android.
No grazie
Iscrizione
Successo!
Ora sei iscritto alla nostra newsletter.